icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

16.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot avvalida davlatimiz rahbari Qirgʻiziston Prezidentini tugʻilgan kuniga 60 yil toʻlishi munosabati bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi qardoshlik rishtalari, koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashda keyingi yillarda barqaror ijobiy tendensiya kuzatilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ikki tomonlama koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishda Prezident Sooronbay Jeenbekovning oʻtgan yil dekabr oyida Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi muhim voqea boʻldi. Uning yakunida amaliy sheriklikni kengaytirish boʻyicha salmoqli kelishuv va bitimlarga erishildi.

Muloqotda sheriklikni mustahkamlash, oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, transport va qishloq xoʻjaligi sohalarida kooperatsiyani kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Tomonlar hududlararo hamkorlikda mavjud katta salohiyatni toʻliq roʻyobga chiqarish lozimligini taʼkidladilar.

Mamlakatlarimiz chegaraoldi hududlari oʻrtasida muntazam oʻtkazilayotgan qoʻshma tadbirlarning samarali natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil mart oyida Fargʻonada Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi. Oʻtgan oyda mamlakatimizda Qirgʻiziston Respublikasi madaniyati va sanʼati kunlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Oʻzbekistonda buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qirgʻiziston Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik va tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Muloqot soʻngida davlat rahbarlari qardosh Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xalqlarining farovonligi yoʻlida oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirish, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo