icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Qoraqalpogʻistonda ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berdi

15.11.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qanlikoʻl tumanida bunyod etilgan “Kanteks invest” toʻqimachilik korxonasi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga avvalgi tashriflari chogʻida Qanlikoʻl tumaniga 10 million yevro investitsiya kiritib, yirik toʻqimachilik korxonasi tashkil etish loyihasi taqdim etilgan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida korxona uchun 10 gektar yer ajratilib, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi. Korxonani barpo etish yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda tajribali boʻlgan “Kanteks invest” maʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Natijada 23 million yevro investitsiya kiritilib, yaydoq yerda zamonaviy toʻqimachilik fabrikasi qad rostladi.

Ayni paytda korxonaga Germaniya, Shveysariya, Turkiya va Hindistondan soʻnggi rusumdagi toʻqimachilik dastgohlari keltirilgan boʻlib, ularni oʻrnatish va montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha qiymati 38,7 million AQSH dollari boʻlgan korxonani kelasi yil birinchi choragida ishga tushirish moʻljallanmoqda. Bu yerda dastlabki bosqichda yiliga 11 ming tonna dunyo talablariga javob beradigan sifatli ip-kalava ishlab chiqariladi. Navbatdagi bosqichda toʻqimachilik matosi tayyorlash, 2021-yilda amalga oshiriladigan soʻnggi bosqichda mato boʻyash va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Korxona toʻla quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 25 million AQSH dollaridan ziyod mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari korxonaning ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdi, taʼsischilari bilan suhbatlashdi.

650 ga yaqin mahalliy aholi ish bilan taʼminlanadigan korxonada bugungi kunda ishchilar tanlab olinib, shu yerning oʻzida tashkil qilingan oʻquv xonalarida oʻqitilmoqda, shuningdek, mamlakatimizning boshqa hududlaridagi korxonalarda malaka va oshirilmoqda.

Prezidentimiz bunday korxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad ish oʻrinlari yaratish ekani, mamlakatimizning chet ellardagi elchixonalari bilan birgalikda texnologiya olib kelib, korxonalarni yanada koʻpaytirish zarurligini taʼkidladi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo