Prezident Hindiston xalqiga taʼziya bildirdi
20.10.2018
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amritsar shahrida roʻy bergan temir yoʻl hodisasi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohatlangani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Ram Natx Kovind va Bosh vazir Narendra Modiga maktub yoʻlladi. Ularda Hindiston xalqiga va halok boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirilib, jarohat olganlarga salomatlik tilangan.