icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyida boʻldi

09.10.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyiga tashrif buyurdi.

Dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri boʻlmish Luvr Fransiyaning oʻziga xos “tashrif qogʻozi”dir. U badiiy kolleksiyasi boʻyicha jahonda birinchi, maydonining kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi. Ushbu muzeyga har yili qariyb 10 million sayyoh tashrif buyuradi.

Muzey binosi 1190-yilda Fransiya qiroli Filippe Avguste tomonidan qalʼa sifatida bunyod etilgan. Luvr soʻzi mazkur mudofaa qoʻrgʻoni nomidan olingan. U bir necha asr davomida Fransiya qirollarining qarorgohi boʻlgan. Keyinchalik Versal saroyi qurilgach, 1793-yilda muzeyga aylantirilgan.

Luvr muzeyida eramizdan avvalgi 7 asrdan hozirgi davrgacha mansub boʻlgan 300 mingdan ziyod eksponat saqlanadi. Muzey zallarida ularning faqat 35 mingtasigina namoyish etiladi. “Miloslik Venera” haykali va Xammurapi qonunlari ustuni, Leonardo da Vinchining “Jokonda” va Yan Vermeyerning “Chevar qiz” kartinalari ular orasida eng mashhurlaridir.

Muzey eksponatlari 6 ta kolleksiyaga ajratilgan. Sharq kolleksiyasining oʻzi 24 ta zalni egallagan. U yerda mamlakatimiz tarixiga oid minglab ashyolar bor. Jumladan, Amir Temur bobomizning Qirol Sharl VIga yozgan maktubi, Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun Sohibqiron yasattirgan shamdonlardan biri, qadimiy qurol-aslahalar, qabrtoshlardagi bitiklar va boshqa buyumlar buyuk oʻtmishdan soʻzlaydi.

Davlatimiz rahbari ushbu eksponatlarni tomosha qildi, ularning tarixi bilan qiziqdi. Oʻzbekiston va Fransiya muzeylari hamkorligida koʻrgazmalar tashkil etish, olimlar oʻrtasida ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirish zarurligini qayd etdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo