icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Muzokaralar natijalari hujjatlarda aks etdi

01.10.2018

Nyu-Dehlida oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan hujjatlarni oʻzaro almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Qoʻshma bayonoti qabul qilindi.

Tashrif doirasida ilmiy-texnik hamkorlik, qishloq xoʻjaligi, turizm, harbiy taʼlim, adliya, sogʻliqni saqlash va tibbiyot fani, farmatsevtika, kosmosni tinch maqsadlarda tadqiq etish va boshqa sohalarga doir 20 ta hujjat imzolandi.

Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarat shtati, Samarqand shahri va Agra shaharlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Erkin farmatsevtika zonasini tashkil etish toʻgʻrisida bitimlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻtkazilgan brifingda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Hindiston bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat qaratishi, amaliy ruhda oʻtgan muzokaralar tomonlarning oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlaganini taʼkidladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olingani qayd etildi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo