icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Oʻzbekiston va Hindiston munosabatlarining bugungi surʼatini yuqori baholaymiz

01.10.2018

Hindiston Prezidentining “Rashtrapati Bxavan” saroyida 1-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Davlatimiz rahbarini Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind va Bosh vazir Narendra Modi kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentimiz shohsupaga koʻtarildi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qisqacha bayonot berdi.

Davlatimiz rahbari Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga taklif uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimizni tarixiy rishtalar, oʻxshash anʼanalar bogʻlab turishini taʼkidladi.

Hindiston bugungi kunda jadal rivojlanib, jahon iqtisodiyotidagi oʻrnini mustahkamlab borayotgan global davlat. Biz oliy darajadagi uchrashuvlarimiz natijasida faollashib borayotgan Oʻzbekiston va Hindiston munosabatlarining bugungi surʼatini yuqori baholaymiz. Ishonchim komilki, ushbu tashrifim va samarali muzokaralarimiz strategik sherikligimizni yangi bosqichga olib chiqadi, dedi Prezidentimiz.

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo