icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti AQSHning Favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi

24.09.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlenni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, AQSH elchisi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli Oʻzbekiston – AQSH aloqalarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshganini taʼkidladi.

Oliy darajadagi muloqotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil may oyida Amerika Qoʻshma Shtatlariga rasmiy tashrifining samarali natijalari mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarining yangi davri uchun mustahkam zamin yaratgani qayd etildi.

Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha konstruktiv siyosiy muloqot yoʻlga qoʻyildi. Parlamentlararo aloqalar faollashdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaymoqda. Fan, taʼlim va madaniyat sohalarida, shuningdek, hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda.

AQSH elchisi davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Amerika Qoʻshma Shtatlari ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratayotgani, uning mamlakatimiz bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishi qatʼiy ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun AQSHning Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo