icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Xorijlik ishbilarmonlar, davlat va jamoat arboblariga Oʻzbekistonning davlat mukofotlari topshirildi

31.08.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi farmonlariga muvofiq mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan xorijlik ishbilarmonlar, Tojikistonning bir guruh davlat va jamoat arboblari Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

31-avgust kuni mamlakatimiz tarixida birinchi marta chet elliklarga Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

– Bugun koʻpmillatli xalqimiz Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligini keng nishonlamoqda, – dedi Prezident. – Ushbu shonli tarixiy sanani biz bilan birgalikda mamlakatimizning chet ellardagi koʻp sonli doʻstlari va sheriklari – davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, yirik xorijiy kompaniyalar va moliya institutlari vakillari bayram qilayotgani bizni quvontiradi.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq Oʻzbekiston faol va ochiq tashqi siyosat yuritmoqda. Rossiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar jadal rivojlanmoqda. Jahonning yetakchi kompaniyalari, bank va konsorsiumlari, xalqaro biznes tuzilmalari mamlakatimiz bilan faol hamkorlik qilmoqda.

– Biz sheriklarimizning Oʻzbekiston iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga, yirik qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga, ijtimoiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qoʻshayotgan katta hissasini yuksak qadrlaymiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev taniqli hamyurtimiz, Rossiyaning “USM Holding” aksiyadorlik jamiyati taʼsischisi va rahbari Alisher Usmanovga “El-yurt hurmati” ordeni, Rossiyaning “LUKOYL” ochiq aksiyadorlik jamiyati prezidenti Vagit Alekperov hamda Germaniyaning “KNAUF” korxonalari guruhi ishtirokchilari Kengashi aʼzosi Nikolaus Knaufga “Doʻstlik” ordenlarini topshirdi.

Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari topshirildi. Oʻzbekiston bilan Tojikiston xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qoʻshgan madaniyat, fan va sogʻliqni saqlash sohalari vakillariga farmonga muvofiq orden va faxriy unvonlar berildi.

– Bunday marosim mamlakatimiz tarixida birinchi marta oʻtkazildi. Oʻylaymanki, hamjihatligimiz, bagʻrikengligimiz ifodasi boʻlgan bu tadbir anʼanaga aylanib qoladi. Oʻzaro manfaatli hamkorligimiz bundan buyon ham rivojlanib, samimiy doʻstligimiz va oʻzaro anglashuvimiz xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Mukofotlanganlar yuksak eʼtibor, xorijlik investorlarni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo