Davlat rahbarlari “Ostona” xalqaro moliya markaziga tashrif buyurdi
06.07.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev hamrohligida “Ostona” xalqaro moliya markazini borib ko‘rdi.
Nursulton Nazarboyev ushbu markazda ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoitlar, istiqbolga belgilangan rejalar haqida so‘zlab berdi.
Markaz faoliyati xalqaro moliya institutlari tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan. Uning a’zolari uchun ellik yilgacha soliq imtiyozlari berish, viza, valyuta va ish yuritish tizimini soddalashtirish ko‘zda tutilgan.
Bugun Qozog‘istonning Mustaqillik saroyida Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi.