icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistondagi har bir odam men uchun qadrli

29.06.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazini borib ko‘rdi.

Bu yerda qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. 450 o‘rinli konsert zali, to‘garak xonalari, sport zallari ta’mirlanib, zamonaviy jihozlangan. 

Davlatimiz rahbari jamiyat a’zolari bilan muloqot qilib, ularning dardu tashvishlari, sohadagi kamchiliklarni so‘radi. 

Kar-soqov bolalarni o‘qituvchi mutaxassislar va surdotarjimonlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratildi. 

Shavkat Mirziyoyev aholining mazkur qatlami savodxonligi, tarbiyasi, ishlashi, dam olish va davolanish sharoitlarini yaxshilash maqsadida alohida qaror tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov, taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati sovrindori Davron Xidirov, yosh rejissyor Oleg Oshipenkoga Toshkent shahridan uy, madaniyat markazi uchun ikkita avtobus sovg‘a qildi.

Bilasizki, davlat xalqqa xizmat qiladi, degan tamoyilni o‘zimizga maqsad qilib olganmiz. Sizlar ham jamiyatimizning munosib a’zosisizlar. Ushbu sohaga hamma sharoitlarni yaratamiz. O‘zbekistondagi har bir odam men uchun qadrli, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 11-iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida alohida toifadagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etishga imtiyozlar berilgan.

Shu maqsadda O‘zbekiston karlar jamiyati hududida tikuvchilik korxonasi tashkil etilgan. Unga 100 dan ziyod xotin-qiz ishga joylashtirilgan.

Prezidentimiz ushbu korxonani ko‘zdan kechirdi, tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Amalga oshirilayotgan bunday ishlar izchil davom etishini, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish joylari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo