icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev “Humo Arena” muz saroyi qurilishini borib ko‘rdi

01.06.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari tutashgan joyda qurilayotgan ko‘p tarmoqli sport saroyini borib ko‘rdi. 

Bu yerda qurilish ishlari 2017-yil fevral oyida boshlangan edi. Arena uch xil: muz, sport va konsert tartibida ishlaydigan bo‘ladi. Zaruratga qarab, bir holatdan boshqasiga moslashtiriladi. Unda xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling bilan shug‘ullanish, basketbol, voleybol, futzal, kurash, boks, qilichbozlik, taekvondo kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish uchun zamonaviy sharoit yaratiladi. Shuningdek, bu yerda konsertlar, ko‘rgazma va konferensiyalar tashkil etish ham mumkin bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, mazkur majmua joriy yil dekabr oyida, Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Davlatimiz rahbari majmua qurilishining borishi bilan tanishdi.  Bu inshoot ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini, butun yil davomida ishlashi zarurligini ta’kidladi. Bu yerda shug‘ullanadigan sport jamoalarini shakllantirish, ular uchun sport kiyimlari va anjomlarini ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo