icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

21.05.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar va muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

O‘zaro savdo hajmi barqaror sur’atlarda ortib, nomenklaturasi kengayib borayotgani, bu joriy yilning o‘zidayoq o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichini 3 milliard dollarga, yaqin yillarda esa 5 milliard dollarga yetkazish imkonini berishi chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatlarimizning iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligida mavjud ulkan salohiyatdan samarali foydalanishga qaratilgan hududlararo aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar sanoat, energetika, transport sohalarida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning samarali faoliyatini, shuningdek, Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tadbirlarni yuksak baholadilar.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot so‘ngida Prezidentlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo