icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Aholining mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi

03.05.2018

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.110 gektar maydonni egallagan ushbu bog‘da ochiq va yopiq suzish havzasi, kichik stadion, muz saroyi, to‘rt yulduzli mehmonxona, yirik attraksionlar, ertaklar shaharchasi, savdo shoxobchalari, kutubxona va internet kafe, bouling va fitnes klublari, hunarmandlar markazi, amfiteatr, akvapark va boshqa ob’ektlar bo‘ladi. O‘ziga xos landshaftga ega bo‘lgan hududga noyob manzarali daraxt va gullar ko‘chatlari ekilib, botanika bog‘i yaratiladi. 

Mazkur ko‘ngilochar maskanda yiliga 100 ming kishiga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan. Uni 2019-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish, 1 ming 500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari istirohat bog‘ini sifatli va xavfsiz barpo etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Nafaqat viloyat, balki mamlakatimizda qiyosi yo‘q bo‘ladigan mazkur parkka "Afsona" deb nom berishni taklif qildi. 

Shu yerda Namangan shahri Guliston dahasida bunyod etilishi mo‘ljallangan “Namangan City”, Pop tumanida quriladigan zamonaviy savdo majmuasi va "Pop eco park" kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo