icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Strategik sheriklik oliy kengashi tuziladi

30.04.2018

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o‘tgan brifingda ma’lum qildi.  

Muzokaralar xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik an’analariga mos holda, ochiq, sermazmun va samarali bo‘ldi. Hamkorligimizning bugungi holati xolisona baholanib, uning ustuvor yo‘nalishlari va istiqboldagi vazifalari aniq belgilab olindi. Ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi, dedi davlatimiz rahbari.  

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning yondashuvlari o‘xshash va mushtarak ekani ta’kidlandi.

Biz Turkiya Respublikasiga ulkan siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega bo‘lgan, xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora ortib borayotgan yirik davlat sifatida qaraymiz. Ota yurtingiz – O‘zbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rejep Tayyip Erdog‘an muzokaralar o‘zaro anglashuv, manfaatdorlik va ishonch asosida o‘tganini, Turkiya va O‘zbekiston hamkorligi yanada mustahkamlanib, strategik darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi. Ko‘lami va ahamiyati katta bo‘lgan kelishuvlarga erishilganidan, ertaga Buxorodagi muborak qadamjolarni ziyorat qilajagidan baxtiyor ekanini bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo