icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Xalqlarimiz qardoshligi, madaniy yaqinligi namoyon bo‘ldi

24.04.2018

Xorazm viloyati drama teatrida O‘zbekiston va Turkmaniston san’at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi. 

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakat vakillari hamkorlikda konsertlar, festivallar, ko‘rgazmalar tashkil etmoqda, turli tanlov va musobaqalarda qatnashmoqda.  2016-yil noyabrda mamlakatimizda Turkmaniston madaniyati kunlari, 2017-yil noyabrda esa Turkmanistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazildi. 

Yurtimizda turkman milliy madaniyat markazlari, qo‘shni mamlakatda o‘zbek milliy madaniyat markazlari tashkil etilgan. O‘zbeklar va turkmanlarning o‘z tili, madaniyatini boyitishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Konsertda o‘zbek va turkman tilida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bu xalqlarimizning azaliy qardoshligi, madaniy yaqinligini yana bir bor namoyon etdi, ikki mamlakatning mumtoz va zamonaviy san’ati bilan keng tanishish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo