Afg‘oniston Prezidenti va xalqiga hamdardlik
23.04.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kobul va Puli-Xumri shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga maktub yo‘llab, Afg‘oniston xalqi, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.