icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ish boshladi

19.04.2018

Shavkat Mirziyoyev bundan roppa-rosa ikki yil muqaddam – 2016-yil 19-aprel kuni Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishini boshlab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida bu yerda ulkan sanoat kompleksi va shaharcha bunyod etildi. 

2018-yil 19-aprel kuni ushbu majmuaning ochilish marosimi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar sanoatning yetakchi yo‘nalishlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar faol jalb etilayotgani, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi O‘zbekiston bilan Rossiya hamkorligining yorqin namunasi ekanini qayd etdi. Muhandis va quruvchilarga minnatdorlik bildirib, korxona jamoasiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabrigini energetika vaziri Aleksandr Novak o‘qib eshittirdi.

“Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muhandisi Shahzod Qurbonov, neft-gaz sohasi faxriysi Komil Fozilov so‘zga chiqdi.

Majmua faoliyatiga start beruvchi ramziy tugma bosildi.

Ushbu sanoat kompleksida yiliga 8,1 milliard kub metr gaz qayta ishlanadi. Bu orqali tozalangan tabiiy gaz, gaz kondensati, oltingugurt kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ikki mingdan ziyod kishi ish bilan ta’minlanadi.

Umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod bo‘lgan mazkur yirik loyiha “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida ro‘yobga chiqdi. 114 ta quduq kovlanib, gazni yig‘ish va qayta ishlash tizimlari qurildi. Bu jarayonda murakkab texnik yechimlar, ilg‘or texnologiyalar qo‘llanildi. Yo‘llar, terminallar, magistral gaz quvuri, elektr, suv tarmoqlari va boshqa infratuzilma ob’ektlari barpo qilindi. 

Qorako‘l tumanining olis cho‘l hududida 1 ming 150 kishiga mo‘ljallangan shaharcha bunyod etildi. U yerda ishchilarning yashashi va dam olishi uchun zarur sharoit yaratildi. 
Shavkat Mirziyoyev majmuaning texnologik jarayonini ko‘zdan kechirdi. Laboratoriya va operatorlik boshqaruvi xonalarida bo‘ldi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo