icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Samarqand katta o‘zgarishlarga yuz tutmoqda

18.03.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini har galgidek Hazrati Xizr majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. 

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi. O‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat qilindi

Imom Buxoriy majmuasi ziyorati chog‘ida qadamjoni yanada obod qilish, Imom Buxoriy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi qurilishi, uning ilmiy nazariy asoslarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari viloyatning Oqdaryo, Ishtixon va Pastdarg‘om tumanlarida bo‘lib, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishib, xalq bilan muloqot qildi.

Tashrifining ikkinchi kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi.

Tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, harbiylarga yaratilayotgan sharoitlar haqida axborot berildi. Qo‘shinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari bilan ta’minlanishi, harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga e’tibor qaratildi. 

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni vaziyatni doimiy tahlil qilish, xatarlarning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk sarkardalarimiz harbiy mahoratini o‘rganish, o‘quv-taktik metodikani rivojlantirish, harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish zarurligini ta’kidladi. 

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘larni ko‘zdan kechirdi. Taklif etilayotgan harbiy kiyimlar bilan tanishdi. 

Harbiy liboslar milliyligimizni aks ettiradigan, tarixda qoladigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu masalani har tomonlama o‘ylash, loyihalarni xalq muhokamasiga qo‘yish zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo