icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev chekka hududlar aholisiga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

02.03.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tomdi tumanidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabi faollar zalida Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahri jamoatchiligi vakillari, oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar bilan muloqot qildi.

Samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona hamkorlik, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, har qaysi qishloq, tuman va shaharda odamlarni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ta’lim-tarbiya masalalari xususida so‘z yuritildi.

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatining ko‘p millatli aholisi ahil-inoq, birodarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgani, o‘zbekni qozoqdan yoki rusdan ajratib bo‘lmasligini, ular mamlakatimizdagi barcha o‘zgarishlarga munosib hissasini qo‘shib kelayotganini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilishda viloyatdagi qozoq milliy madaniyat markazi faollari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashlari rahbarlari, pedagoglar, shifokorlar, sport murabbiylari, tadbirkorlar so‘zga chiqib, Prezidentimizning chekka hududlar aholisi bilan bevosita uchrashayotgani odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirayotgani, maktabgacha ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yoshlar tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etilayotgani jamiyatda muhit o‘zgarishiga olib kelayotgani haqida fikr-mulohaza bildirdilar.

Shu bilan birga, tadbirda o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar tilga olinib, ularni joyida hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev eng chekka tumanlar aholisining ma’naviyatini oshirish, salomatligini mustahkamlash, bandligini ta’minlash masalalari davlatimizning diqqat e’tiborida ekani, viloyatdagi keng qamrovli o‘zgarishlar odamlarga munosib turmush sharoiti yaratishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo