H.Q.Oqbo‘tayevni Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida
24.12.2016
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qaroriga muvofiq:
Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent shahri, 2016 yil 24 dekabr