icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov nomidagi maktabga tashrif buyurdi

29.01.2018

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil fevralda Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 

Shunga muvofiq 2017 yil 24 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu yerda zamonaviy ta’lim maskani barpo etildi. Joriy o‘quv yilidan beshinchi sinfga iqtidorli bolalar qabul qilindi. 

Maktabning birinchi qavatida Abdulla Oripov muzeyi tashkil etilgan. Shavkat Mirziyoyev ushbu muzey va maktab bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan suhbatlashdi. 

Shu yerda Ibroyim Yusupov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi maktablar bilan videoaloqa orqali muloqot qilindi. O‘quvchilar sherlar o‘qidi. 

Davlatimiz rahbari ularning Abdulla Oripovdek buyuk shoirga munosib farzandlar bo‘lib kamol topishi, buning uchun ko‘p kitob o‘qish va vatanni sevish muhimligini ta’kidladi. Ularga sovg‘alar berdi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo