icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi

28.01.2018

Qashqadaryo viloyatida 2018-2019-yillarda turizm infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish rejasiga ko‘ra 167 ta loyiha amalga oshiriladi. Ularda tarixiy-madaniy obidalarni ta’mirlash, tarmoqni axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari sayyohlar uchun mehmonxonalar, dam olish va ko‘ngilochar hududlar tashkil etish, turistlarga milliy madaniyatimizni keng namoyish qilish zarurligini ta’kidladi.

Prezidentimizning «Tadbirkorlik foaliyati uchun soliq yukini kamaytirish, soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish hamda mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini mustahkamlash chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan takliflar, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar va soliq to‘lovchilar soni, yirik korxonalar tomonidan byudjetga to‘lanadigan to‘lovlar, joriy yilgi prognoz ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar keyingi taqdimotda namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev aholining dunyoqarashini o‘zgartirish, soliq bazasini kengaytirish evaziga byudjetga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, Toshguzar – Shahrisabz – Kitob temir yo‘lini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish ishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Prezidentimiz joriy yil 1 avgustgacha «Afrosiyob» poyezdi qatnovini Shahrisabzgacha yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shahrisabz shahar va tumanida mehnat bozorini barqarorlashtirish, ishsizlarni kasbga o‘qitish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev barcha loyihalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo