icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimiz Sherobod tumaniga tashrif buyurdi

19.01.2018

Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi “Evromed plus” xususiy diagnostika va davolash markazi faoliyati bilan tanishdi. 

Mamlakatimizda xususiy tibbiyot rivojiga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida olis qishloqlar aholisiga ham zamonaviy, yuqori texnologik tashxis quyish va davolash imkoniyati yaratilmoqda. 

Shu kecha-kunduzda foydalanishga topshirilgan mazkur tibbiyot muassasasi kompyuter tomografi, raqamli rentgen, ultratovush tekshiruvi, videogastroskop, videokolpaskop uskunalari bilan jihozlangan. Shuningdek, bemorlarni ultratovush, elektr, magnit, lazer bilan davolash, umurtqa churralarini traksion cho‘zish yo‘llari bilan sog‘lomlashtirish imkoniyatlari mavjud. 

Endilikda shoshilinch holatlarda bemorlar Termiz shahridagi tibbiy markazlarga borib kelish tashvishidan qutuldi. Agar 182 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Sherobod, qo‘shni Muzrabot, Boysun, Angor, Qiziriq tumanlarida tez va aniq tashxis quyishda zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar yetishmasligini hisobga olsak, mazkur tibbiyot maskani faoliyatining dolzarbligi yanada namoyon bo‘ladi. 

Ushbu markazda tibbiyot kollejlari o‘quvchilari uchun amaliyot markazi tashkil etilgan. Shuningdek, kelgusida jarrohlik amaliyotlarini bajarish ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 

Davlatimiz rahbari klinika imkoniyatlari bilan tanishar ekan, mazkur shifo maskani bilan poytaxtimizdagi “Akfa Medlayn” klinikasi o‘rtasida hamkorlikni, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. 

Shavkat Mirziyoyev tumanning Taroqli mahallasida ham bo‘lib, “Pokiza” maktabgacha ta’lim nodavlat muassasasi faoliyati bilan tanishdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo