icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
OAV vakillari bilan uchrashuv

13.12.2017

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar o‘zaro anglashuv, ochiqlik va samimiyat ruhida, ishchan kayfiyatda o‘tganini, erishilgan kelishuvlar ikki xalq manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidentining birinchi tashrifi chog‘ida imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lishini qayd etdi.

Sooronbаy Jeenbekov erishilgan kelishuvlar xalqlarimiz kutgan voqea bo‘lganini, o‘zaro munosabatlar tarixida qoladigan shunday xayrli ishlarga hissa qo‘shganidan mamnun ekanini ta’kidladi.

Ma’lumki, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Danaker» ordeni bilan mukofotlangan edi. Qirg‘izistonning oliy mukofotlaridan bo‘lgan ushbu orden xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga, millatlararo totuvlikni saqlashga, ilm-fanni rivojlantirishga, milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitishga katta hissa qo‘shgan insonlarga beriladi.

Danaker – yarashtiruvchi demakdir. Mukofot davlatimiz rahbarining O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlarini ravnaq toptirish, ikki mamlakat va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlarining yuksak e’tirofidir.

Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbаy Jeenbekov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga «Danaker» ordenini tantanali ravishda topshirdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbаy Jeenbekovning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo