icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

11.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on o‘rtasida Turkiya tomonining tashabbusi bilan 2017-yil 11-dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Muloqot avvalida Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan amaliy natijalar bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida barqaror va yuksak taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan siyosatni yuqori baholagani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. 

Muloqotda davlat rahbarlari joriy yil oktyabr oyida Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuv va bitimlarni amalga oshirish muhimligini alohida ta’kidladi. 

Savdo-iqtisodiy, texnologik, moliya-sarmoyaviy, transport, turizm va madaniyat sohalaridagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish borasida o‘zaro samarali aloqalarni davom ettirish zarurligi qayd etildi. 

Prezidentlar, shuningdek, Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammiti kun tartibidagi masalalar, jumladan, mintaqaviy va xalqaro siyosatning boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo