Afg‘oniston Prezidenti Buxoroga jo‘nab ketdi
06.12.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 6 dekabr kuni Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.
Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda ular huzurida ma’ruza qiladi. Shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.