Kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar
05.12.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar.
Keng ko‘lamli muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, energetika, kimyo, agrosanoat, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida hukumatlararo va idoralararo darajadagi hujjatlar, ko‘plab tijoriy shartnomalarni imzolash mo‘ljallanmoqda.