icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi

16.12.2016

16 dekabr kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi.

Yig'ilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish, istiqbolli yangi sanoat ob'ektlari barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Prezident Surxondaryo viloyatida erishilayotgan yutuq va marralarni atroflicha tahlil qilar ekan, quyidagi raqam va dalillarga alohida e'tibor qaratdi.

Surxondaryo viloyatining tuprog'idan, quyoshli iqlimidan oqilona foydalanish kerak. Viloyatda 2019-yilgacha bosqichma-bosqich 26 ming 800 gektar, jumladan, 2017-yilda 18 ming gektar paxta maydonlari qisqartiriladi. Uning o'rniga meva-sabzavot etishtiruvchi fermer xo'jaliklari tashkil qilinadi.

Yurtboshimiz mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, fermerlik harakatining ahamiyati katta ekanini alohida ta'kidladi.

Prezident viloyatda erishilgan yutuqlarni qayd etish bilan birga yo'l qo'yilgan ayrim kamchilik va nuqsonlar, mavjud muammolarga ham to'xtalib o'tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko'rildi. T.Mamaraimov boshqa ishga o'tgani munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga ko'ra Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Erkin Turdimov Surxondaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada so'zga chiqqan Sherobod tumani hokimi Abdurahim Eshmurodov, “Mahalla” jamoat fondi viloyat bo'limi raisining o'rinbosari Orzuqul Soatov, Termiz davlat universiteti professori Sayfulla Tursunov, Mannon Uyg'ur nomidagi viloyat musiqali drama teatri bosh rejissyori Mansur Ravshanov va boshqalar Prezident nutqida bayon etilgan tanqidiy fikrlardan zarur xulosalar chiqarib, ko'rsatib o'tilgan kamchilik-nuqsonlarni bartaraf qilish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dolzarb vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish uchun butun Surxondaryo ahli astoydil mehnat qilishi va ko'zlangan marralarga albatta erishishini ta'kidladilar.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo