icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oilaviy poliklinikalarda navbatga yozilish uchun elektron tizim joriy qilinadi

17.11.2017

Davlatimiz rahbari Sergeli tumani 6-A mavzesida barpo etilgan 61-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi. 

Uch qavatli, 250 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinikada ultratovush tashxisi, raqamli rentgen, elektrokardiograf, fizioterapiya, klinik va biokimyo laboratoriya bo‘limlari, kunduzgi shifoxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Terapevt, pediatr, jarroh, otolaringolog, okulist, nevrolog, immunolog kabi tor soha mutaxassislari tomonidan aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Oilaviy poliklinikadagi asosiy yangiliklardan biri – bu bemorlar navbatga yozilishi uchun elektron tizim joriy qilinganidir. Ya’ni bemor shifokor qabuliga poliklinikaga kelmasdan turib, internet yoki telefon orqali ro‘yxatxonada o‘rnatilgan tizim yordamida navbatga kiritiladi. Bu ortiqcha ovoragarchilik va vaqt sarflashning oldini oladi. 

Prezidentimiz ushbu tizimni 61-oilaviy poliklinika misolida namunaviy qilib poytaxtimizdagi barcha birlamchi tibbiyot muassasalariga joriy etish yuzasidan topshiriqlar berdi. Tibbiyot sohasidagi islohotlar, avvalo, oilaviy poliklinikalarga chuqur kirib borishi, ushbu maskanlar aholining salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha faoliyat yuritishi, qaysi kasalliklar kamaygani, qaysilari erta aniqlanib davolanayotgani bo‘yicha muntazam axborot berilishi lozimligi qayd etildi.

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo