icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti AQSh Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosarini qabul qildi

09.11.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan nufuzli delegatsiyaga boshchilik qilayotgan AQSh Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Liza Kyortisni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, hozirgi vaqtda O‘zbekiston – Amerika muloqoti amaliy hamkorlik ruhida barqaror rivojlanib borayotganini qayd etdi. Sentyabr oyida O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga safari hamda AQSh Prezidenti Donald Tramp va Amerika biznes doiralari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakunlari tomonlarning o‘zaro hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi aloqalarni amaliy jihatdan kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha intilishlari qat’iy ekanini namoyish qildi. 

Qayd etilganidek, qator muhim xalqaro muammolar yechimi, global xavf va tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga yondashuvlarning mos va mushtarak ekani ushbu dolzarb yo‘nalishlardagi o‘zaro hamkorlikni sezilarli ravishda mustahkamlash imkonini bermoqda. 

Uchrashuvda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida Afg‘oniston va butun mintaqadagi vaziyat bo‘yicha fikr almashildi. 

Tomonlar Markaziy Osiyo teng huquqli va o‘zaro hamkorlik hududi bo‘lib qolishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Shu ma’noda, O‘zbekiston rahbariyatining yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini kengaytirish va mintaqa mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari va amaliy qadamlari muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. 

Liza Kyortis AQSh rahbariyati O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda tutgan o‘rnini yuksak qadrlashini ta’kidladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston bilan uzoq istiqbolga mo‘ljallangan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo