
15.12.2016
Mamlakatimizda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janob Prezident!
Fransiya xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan tabriklab, davlat rahbari sifatida mas’uliyatli faoliyatingizda va mamlakatda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Shu munosabat bilan davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik darajasiga e’tibor qaratishni istardim. Yaqinda o‘tgan vazirlar uchrashuvlari buning yorqin tasdig‘idir. Munosabatlarimiz, jumladan, iqtisodiyotning ikki davlat korxonalari uchun katta imkoniyatlar yaratadigan turli sohalarida yanada rivojlanishiga ishonaman.
Sizni mintaqada barqarorlikni saqlash, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar rivojlanishga qaratilgan tashabbuslaringizni hayotga tatbiq etishda Fransiya qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlamoqchiman.
Janob Prezident, samimiy hurmatimni qabul qilgaysiz.
Fransua Olland,
Fransiya Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Hindiston hukumati va xalqi nomidan Sizning 2016-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida g‘alaba qozonganingiz bilan samimiy tabriklayman.
Hindiston bilan O‘zbekistonni mustahkam tarixiy va madaniy aloqalar bog‘lab turadi va biz buni yuksak qadrlaymiz. Yaqinda ikki tomonlama aloqalarimiz birgalikdagi manfaatlarimiz va ustuvor maqsadlarimizni ifoda etadigan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Siz, Janobi Oliylari bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash uchun hamkorlikda ishlashga umid qilaman.
2015-yilning iyul va shu yil iyun oyida go‘zal O‘zbekistonga tashrifim davomidagi uchrashuvlarimizni mamnuniyat bilan eslayman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.
Narendra Modi,
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Qatar Davlati va shaxsan o‘z nomimdan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chil dildan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga tinchlik-omonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga yanada farovonlik va taraqqiyot tilayman. Davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanimizni ta’kidlaymiz.
Yuksak ehtirom bilan,
Tamim bin Hamad Ol Soniy,
Qatar Davlati Amiri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Siz, Janobi Oliylarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy qutlab, mamlakatingiz barqarorligi va farovonligi yo‘lidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilash menga mamnuniyat baxsh etadi.
Mamlakatingizda bo‘lib o‘tgan saylov va mazkur tadbirda saylovchilarning faol ishtiroki O‘zbekiston xalqining buyuk kelajak sari intilishiga yorqin misol bo‘la oladi.
Aminmanki, 1992-yil yanvar oyida o‘rnatilgan – 25-yillik tarixga ega diplomatik munosabatlarimiz hamda xalqlarimizni bog‘lab turuvchi uzoq muddatli do‘stona aloqalarimiz Sizning oqilona rahbarligingizda yanada rivojlanib boraveradi.
Ushbu fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli faoliyatingizda zafarlar, O‘zbekiston xalqiga Sizning odilona rahnamoligingizda tinchlik-totuvlik va ravnaq tilab qolaman.
Abdulfattoh as-Sisi,
Misr Arab Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishganingiz bilan chil dildan tabriklayman.
Sizga eng samimiy istaklarimni yo‘llayman, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Karl XVI Gustav,
Shvetsiya Qiroli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etib, O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lidagi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman. Shu munosabat bilan Sizni Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘zaro hamkorligimizni, xususan, iqtisodiyot va transport sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun Ruminiya tayyorligiga ishontiraman.
Muhtaram janob Prezident, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Klaus-Verner Yoxannis,
Ruminiya Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Siz, Janobi Oliylarini Isroil xalqi va shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy muborakbod etishga ruxsat bergaysiz.
Sizga ushbu mas’uliyatli vazifani bajarishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman va O‘zbekiston bilan Isroil o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ishonaman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.
Ehtirom bilan,
Reuven Rivlin,
Isroil Davlati Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alaba qozonganingiz bilan chin dildan tabriklayman.
Prezident lavozimidagi faoliyatingiz O‘zbekistonning yanada rivojlanishi va taraqqiy etishida yangi bosqichni boshlab beradi, xalqlarimiz va davlatlarimiz farovonligi yo‘lida Gruziya – O‘zbekiston munosabatlariga yangi sur’at bag‘ishlaydi, deb ishonaman.
Fursatdan foydalanib, menga yo‘llagan tabrigingiz va samimiy tilaklaringiz uchun minnatdorlik bildiraman.
Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, yuksak va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatingizga zafarlar tilayman.
Ehtirom bilan,
Georgiy Kvirikashvili,
Gruziya Bosh vaziri
Shuningdek, quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘llagan:
Qatar Davlati Amirining o‘rinbosari – Abdulloh bin Hamad Ol Soniy
Qatar Davlati Bosh vaziri, ichki ishlar vaziri – Abdulloh bin Nosir bin Xalifa Ol Soniy
Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri – Sooronbay Jeenbekov
Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi – Taro Aso
Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi – Yusuf Al-Usaymin
Islom taraqqiyot banki prezidenti – Bandar Hajar
EXHT Parlament assambleyasi raisi – Kristin Muttonen
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot bosh direktori – Ulyam Leysi Sving
Xitoy milliy neftgaz korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi – Van Ilin
"Mitsubishi Korporeyshn” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori – Takexiko Kakiuchi
“Fujitsu” kompaniyasi prezidenti – Tatsuya Tanaka
“Posko DEU” kompaniyasi prezidenti – Kim Yong Sang
“Riyeter xolding” kompaniyasi ijrochi direktori – Norbert Klapper
“Van de Vil” kompaniyasi bosh ijrochi direktori – Charlz Boduin
Vaseda universiteti prezidenti – Kaoru Kamata
Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbari – Vikentiy
BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi – Stefan Prisner
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.