icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

03.11.2017

Janobi Oliylari! 

Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasining 19-syezdi muvaffaqiyatli yakunlangani va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimiga qayta saylanganim munosabati bilan tabriklab yo‘llagan maktubingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. 

So‘nggi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Xitoy – O‘zbekiston munosabatlari jadal faollashgani va samimiylik, ishonch va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganidan mamnunman. Mamlakatlarimiz oliy darajadagi mustahkam aloqalar tarafdoridir, siyosiy ishonch asosida «Bir makon, bir yo‘l» loyihasi doirasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda, qator yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu esa xalqlarimizga birdek foyda keltirmoqda. Joriy yilning may va iyun oylarida Siz bilan Pekin va Ostona shaharlarida ikki marta uchrashdik. Buning natijasida ikki tomonlama munosabatlar va barcha sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha salmoqli kelishuvlarga erishildi. 

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman. Bundan buyon ham Siz bilan birgalikda o‘zaro munosabatlarimizni Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik ruhida rivojlantirish, yangi tarixiy davrda xalqlarimiz va butun insoniyat farovonligi yo‘lida barqaror va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyotga erishish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solishga tayyorman! 



Si Szinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi 
Kommunistik partiyasi 
Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi 

 


 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo