icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Ko‘priksozlik yanada rivojlanadi

28.10.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishgan joyda qurilgan yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rdi. 

Ilgari poytaxtimizning markazidan Farg‘ona yo‘liga chiqish yoki aksincha bu yo‘ldan markazga kelish uchun transport vositalari ortiqcha bir necha kilometr yurishga majbur bo‘lardi. Davlatimiz rahbari 25-mart kuni bu yerda bo‘lib, yo‘l o‘tkazgichni rekonstruksiya qilish va uning bir qismini yangidan qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Yaqinda ushbu ko‘prikning foydalanishga topshirilgani haydovchilarga katta qulaylik yaratdi, harakat xavfsizligini ta’minladi. 

Yo‘l o‘tkazgichning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilindi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan barpo etildi. Ikki tomonida piyodalar yo‘lakchalari qurildi. 

Prezidentimiz ushbu yo‘l o‘tkazgich odamlarga qanchalik manzur bo‘lgani, transport harakati va xavfsizligiga qanday ta’sir ko‘rsatgani bilan qiziqdi. Bunday ko‘priklarni poytaxtimizning boshqa joylarida ham qurish, bunda avvalo, xavfsizlik talablariga rioya etish zarurligini ta’kidladi. Ko‘prik atrofini obodonlashtirish, poytaxtimiz qiyofasiga mos zamonaviy binolar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida ko‘priksozlik bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratildi. 

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo