Shavkat Mirziyoyev Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga gul qo‘ydi
25.10.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hoki qo‘yilgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Mustafo Kamol Otaturk o‘z vatanining milliy istiqloli uchun kurashgan va Turkiya Respublikasiga asos solgan inson sifatida qadrlanadi. Anitkabir yodgorlik majmuasi uning davlat va xalq oldidagi xizmatlariga hurmat ifodasi sifatida bunyod etilgan. 750 kvadrat metr maydonni egallagan majmua maqbara, muzey, bog‘ va boshqa ob’ektlarni o‘z ichiga olgan.
Shavkat Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi Mustafo Kamol Otaturk qabriga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.