icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

04.12.2016

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni ovoz berish uchun Toshkent shahridagi 132-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning saylash va saylanish huquqi, xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi kafolatlangan. Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ushbu huquq va erkinliklarni ta’minlaydigan milliy saylov tizimi yaratildi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq Bosh qomusimiz hamda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bu tizimni yanada takomillashtirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ana shu mukammal qonunchilik bazasi va umume’tirof etilgan xalqaro prinsiplarga mos holda o‘tmoqda. 

Birinchi Prezidentimiz belgilab bergan davlat siyosati va taraqqiyot tamoyillari mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishning asosiy omili bo‘lmoqda. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, qulay investitsiya muhiti samarasida xalqaro hamkorlik tobora rivojlanmoqda. Iqtisodiyot izchil modernizatsiya qilinayotgani tufayli uning raqobatbardoshligi, eksport salohiyati oshmoqda. Xususiy mulk va tadbirkorlik rivoji zamonaviy tovar va xizmatlarni ko‘paytirish, aholini ish bilan ta’minlash imkonini bermoqda. Qishloq xo‘jaligi tarkibiy o‘zgartirilayotgani, meva-sabzavot yetishtirish ko‘payayotgani natijasida bozorlarimiz to‘kin va farovon bo‘lib bormoqda. 

Ushbu sur’atni izchil davom ettirish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish va qonun ustuvorligini mustahkamlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish, ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz hayot darajasini yangi bosqichga ko‘taradi. 

Prezident saylovi mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun muhim siyosiy voqeadir. Buni chuqur his etgan vatandoshlarimiz saylovda faol ishtirok etmoqda. Har bir saylovchi xohish-irodasini erkin ifoda etib, o‘zining va xalqimizning farovonligi, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, Vatanimizning buyuk kelajagi uchun ovoz bermoqda. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo