
O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashdi
10.09.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.