17.11.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻmon Sultonligiga davlat tashrifi yakuniga yetdi.
Davlatimiz rahbari Masqat shahrida Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar oʻtkazdi.
Sammit doirasida Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim qabul qilindi. Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, turizm, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan 30 dan ortiq hujjat imzolandi.
Iqtisodiy sohada 5 milliard dollarlik loyihalar toʻplami shakllantirildi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Masqat xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said kuzatib qoʻydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.


