O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi
15.11.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan 16-17-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lajak sammit kun tartibidan O‘zbekiston–O‘mon munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, savdo, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini faollashtirish masalalari o‘rin olgan.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha bir qator hujjat va bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.


