Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga joʻnab ketdi
10.11.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 10-noyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, mamlakatimiz yetakchisi Antaliya shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi (COP31) yalpi sessiyasida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi. Shuningdek, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.


