06.11.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunladi.
Qozogʻiston poytaxtida davlatimiz rahbari sunʼiy intellekt sohasidagi xavfsizlik masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etdi.
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan bogʻliq yangi xatar hamda tahdidlarga birgalikda qarshi turish masalalari koʻrib chiqildi.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston yetakchisi Iordaniya Podshohi Abdulla II bilan uchrashuv oʻtkazdi. Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari, Ozarbayjon va Qirgʻizistonning yuqori martabali vakillari hamda Aqaba jarayoni moderatori bilan ham suhbatlar boʻlib oʻtdi.
Ostona xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Prezidentini Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qoʻydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.


