icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Davlatimiz rahbari Qoʻshmadrasa ansamblini restavratsiya qilish ishlari bilan tanishdi

03.11.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Qoʻshmadrasa ansambliga tashrif buyurdi.

Abdullaxon madrasasi XVI asr oʻzbek meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, 1588-1590-yillarda Buxoro xonligining Shayboniylar sulolasidan chiqqan hukmdori, buyuk sarkarda va davlat arboblaridan biri Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan.

Madrasa rejasi va ichki tuzilishi murakkab muhandislik yechimi bilan anʼanaviy Buxoro madrasalaridan farq qiladi. Majmuaning bosh kirish qismi janubga qaragan boʻlib, u koʻk rangli koshin va sirli naqshlardan terilgan geometrik mozaika bilan bezatilgan.

XVI asrda madrasa Movarounnahrning eng yirik va nufuzli oliy taʼlim va ilm-fan markazlaridan biri boʻlgan. Bu yerda ilmi toliblarga diniy va dunyoviy fanlardan dars berilgan. Xususan, madrasada Qurʼon, tafsir, hadis, fiqh, aqoid bilan bir qatorda arab tili va adabiyoti, mantiq, falsafa, matematika, geometriya, tibbiyot fanlari chuqur oʻqitilgan.

Ansamblning janubiy qismida 1566-1567-yillarda Abdullaxon II tomonidan oʻz onasi sharafiga bunyod etilgan Modarixon madrasasi joylashgan. Madrasalar bir-biriga qarama-qarshi, bir oʻq chizigʻida qurilgan.

Qoʻshmadrasa ansambli 2023-2024-yillarda qiymati 6 milliard soʻmlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Bugungi kunda mazkur ansamblga 1 million sayyoh tashrif buyurmoqda.

Davlatimiz rahbariga Qoʻshmadrasa ansamblini restavratsiya qilish rejasi taqdimot qilindi.

Prezidentimiz sayyohlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo