29.10.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahrida “Anadolu Group” xoldingi boshqaruv kengashi raisi Kamilxan Suleyman Yazijini qabul qildi.
Uchrashuvda ushbu kompaniyaning salqin ichimliklar va avtomobilsozlik sohalarida Oʻzbekiston bozoriga kiritgan yirik investitsiyalari mamlakatimizdagi islohotlarga boʻlgan ishonchning yaqqol ifodasi ekani alohida taʼkidlandi.
Jumladan, Samarqanddagi “SamAvto” korxonasini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlari va eksport mahsulotlari hajmini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Muloqot chogʻida Turkiyaning yirik chakana savdo tarmogʻini Oʻzbekiston bozoriga olib kirish, chorvachilik majmuasini barpo etish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish kabi istiqbolli yoʻnalishlar ham koʻrib chiqildi.


