29.10.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida “EKSIM Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ebubekir Tivniklini qabul qildi.
Davlatimiz rahbari uchrashuv avvalida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik barcha yoʻnalishlarda izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Muloqot davomida qayta tiklanuvchi energetika, geologiya va togʻ-kon sanoati, infratuzilma, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil etish va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakatimizda yangi elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish, geologiya yoʻnalishidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.


