icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Sogʻliqni saqlash sohasidagi yirik investitsiya loyihalarining borishi koʻrib chiqildi

28.10.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash sohasiga investitsiya jalb qilish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va yirik tibbiyot obyektlarini barpo etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Ayni paytda sogʻliqni saqlash sohasida umumiy qiymati 2,7 milliard dollar boʻlgan 35 ta investitsiya loyihasidan iborat portfel shakllangan. Ular yangi ixtisoslashgan markazlar va koʻp tarmoqli shifoxonalar qurish, mavjud tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlash, zamonaviy kadrlar tayyorlashni qamrab oladi.

Yangi tibbiyot muassasalarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilishda ularning joylashuvi, quvvati hamda koʻrsatadigan xizmatlari aholining ehtiyojiga mos boʻlishi muhim. Taqdimotda investitsiya loyihalarini shu asosda shakllantirish, ularga xususiy sektorni jalb etish va tibbiyot muassasalarini boshqarishning yangi usullarini joriy qilish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Xususan, Milliy onkologiya markazi, Respublika nevrologiya va insult markazi, Toshkent viloyatida kattalar uchun koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Qashqadaryo viloyatida yangi shifoxonalar hamda Nukus shahridagi onalar va bolalar markazini barpo etish, Termiz shahrida tibbiy taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, davlat-xususiy sheriklik modeli asosida Samarqand shahrida 800 oʻrinli shifoxona, Buxoro viloyatida koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Taqdimotda ushbu loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi haqida maʼlumot berildi.

Bundan tashqari, umumiy qiymati 1 milliard dollar boʻlgan toʻqqizta istiqbolli loyiha boʻyicha takliflar shakllantirilgan. Ular nevrologiya va insult, ruhiy salomatlik va narkologiya xizmatlari, bolalar onkologiyasi va gematologiyasi infratuzilmasini rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish, uning avtoparkini yangilash hamda tibbiy kadrlar tayyorlashni qamrab oladi.

Kelgusida tibbiyotga investitsiya jalb qilish sogʻliqni saqlash infratuzilmasining master-rejasi bilan bogʻlanadi. Shu asosda 2040-yilgacha moʻljallangan investitsiya strategiyasini ishlab chiqish taklif etildi. Avvalo, amaldagi loyihalar xatlovdan oʻtkazilib, ularning dolzarbligi va amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi. Keyin hududlar ehtiyojiga mos loyihalar tanlanib, ularning investitsiya pasportlari va yagona portfeli shakllantiriladi. Strategiya xususiy investorlar, xalqaro moliya institutlari va donorlar bilan ishlashda ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beradi.

Tibbiyot muassasalari faoliyatiga xususiy sektorni jalb qilishning muhim yoʻnalishi – autsorsing. Kelgusi yildan amal qiladigan yangi tartibga koʻra, muassasalar ayrim tibbiy va yordamchi xizmatlarni xususiy tashkilotlardan xarid qilishi mumkin boʻladi. Bunda xizmat koʻrsatuvchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzish, xizmat hajmi va sifatini oldindan belgilash, natijani aniq mezonlar asosida baholash taklif etilmoqda. 2030-yilga borib xizmatlar xaridida autsorsing ulushini 30 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Ushbu jarayonni shaffof yuritish uchun “Tibbiyot autsorsingi” elektron tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Unda xizmatlar, ijrochilar va shartnomalarning yagona reyestri yuritilib, koʻrsatilgan xizmat hajmi, sifati hamda toʻlovlar kuzatib boriladi. Tizimni davlat xaridlari bilan bogʻlash ham nazarda tutilmoqda.

Yirik tibbiyot tashkilotlariga professional boshqaruvchilarni jalb qilish masalasi ham muhokama markazida boʻldi. Ularni ochiq tanlov asosida saralash va faoliyatini har yili belgilangan natija koʻrsatkichlari boʻyicha baholash koʻzda tutilgan. 2030-yilgacha beshta yirik muassasada shunday boshqaruvni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari sohaning investitsiya strategiyasi va taqdim etilgan loyihalarni master-reja asosida puxta ishlab chiqish, amaldagi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo