icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilariga

28.10.2026

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Muhtaram mehmonlar!

Sizlarni azim Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumining ochilishi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Asrlar davomida bir mintaqada yashab kelayotgan Markaziy Osiyo xalqlari bugungi kunda yanada hamjihat bo‘lib, ko‘plab dolzarb muammolarni birgalikda hal etayotgani barchamizni albatta xursand qiladi.

Bu haqda so‘z yuritganda, mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va amaliy sheriklik muhiti mustahkamlanib, mintaqamiz jahon miqyosida kuchli mavqega ega bo‘lib borayotganini ta’kidlash lozim. 
Bu borada ta’lim bo‘yicha hamkorlik g‘oyat muhim ekani, davlatlarimizning kelgusi taraqqiyoti shu sohadagi intilish va islohotlarimiz samarasiga bog‘liqligini barchamiz yaxshi tushunamiz.

Tabiiyki, biz ta’lim yo‘nalishida ham buyuk alloma va mutafakkirlarimiz merosiga tayanamiz. Bunday boy ma’rifiy an’analarni bugungi texnologik davr talablari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha katta imkoniyatlarga egamiz.

Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026-yilda 5,8 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bu mintaqamiz jadal rivojlanayotgan va yuksak istiqbolli hududlardan biriga aylanib borayotganidan dalolatdir.

Hech shubhasiz, qariyb 85 million aholi istiqomat qilayotgan mintaqamizning bebaho boyligi bu – bilimga chanqoq, katta orzu-intilishlar bilan yashayotgan yosh avlodimizdir. Ana shu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuchga aylantirishda eng samarali yo‘l – sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiyadir.

Qadrli forum qatnashchilari!

Biz Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlarni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirganimiz albatta bejiz emas.

Shu maqsad yo‘lida sarflangan har bir so‘m mablag‘ni biz yoshlarimiz kelajagiga, jamiyatimiz farovonligi va mamlakatimizning uzoq muddatli raqobatdoshligini ta’minlashga kiritilgan sarmoya, deb bilamiz.

Yaqinda alohida Farmon qabul qilib, maktabgacha va maktab ta’limi, kasbiy va oliy ta’lim hamda ilm-fan boshqaruvini yagona tizimga birlashtirdik. Shu tariqa boshlang‘ich bilim va tarbiya olishdan yetuk mutaxassis va olim bo‘lib shakllanish davrigacha bo‘lgan ma’rifiy bosqichlarning uzviy bog‘liqligini ta’minlashni maqsad qilganmiz.

Endi yurtimizdagi har bir bola, qayerda yashashidan qat’i nazar, sifatli ta’lim olishi, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratiladi.

Bugungi kunda zamon shiddat bilan o‘zgarayotgani tufayli kelgusi o‘n yilda ko‘plab kasb-hunarlarga munosabat o‘zgaradi, mutlaqo yangi ixtisoslik va mutaxassisliklar paydo bo‘ladi.

Shunday ekan, ta’lim tizimi faqat tayyor bilim berish bilan cheklanmasdan, yoshlarda mustaqil fikrlash, ijod qilish, mas’uliyatni his etish va butun umr davomida yangilikka intilib, o‘rganib yashash ko‘nikmalarini ham shakllantirishi zarur.

Buning uchun o‘qituvchi va murabbiylarning rolini oshirish, ta’limning ma’no-mazmunini yangilash, yoshlarni mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirish, maktab, texnikum, universitet va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga ustuvor e’tibor qaratamiz.

Ayniqsa, qizlar, qishloq va chekka hududlardagi bolalar, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga adolatli va inklyuziv jamiyat barpo etishning muhim sharti deb qaraymiz.

Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantirish, universitetlarni ilmiy ixtiro va ishlanmalar markaziga aylantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash ham muhim vazifamizdir.

Albatta, global muammolarga yakka holda yechim topish qiyin.

Suv va energetika xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, mehnat bozoridagi texnologik o‘zgarishlar bilim va imkoniyatlarimizni birlashtirishni talab etadi.

Shu bois universitetlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni ko‘paytirish, talaba va olimlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat berishimiz kerak.

Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz – Markaziy Osiyoni o‘zaro ishonch va do‘stlik diyoriga, ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirishdir.

Ushbu anjumanda ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladigan ko‘plab yangi g‘oyalar, amaliy taklif va tashabbuslar ilgari suriladi, deb ishonaman.

Sizlarni yana bir marta samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli faoliyatingizda yutuq va omadlar, Forum ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.

 

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo