icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimiz Qarshidagi resurs tejamkor toʻqimachilik korxonasi bilan tanishdi

21.10.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasterining fabrikasi bilan tanishdi.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha joriy yil 13-martda qabul qilingan qaror doirasida klaster tomonidan mato ishlab chiqarish va boʻyash fabrikasi tashkil etildi. Qiymati 54 million dollar boʻlgan loyiha natijasida yiliga 20 ming tonna mato ishlab chiqarish va boʻyash quvvatiga ega liniyalar ishga tushirildi. Fabrikada 840 ta ish oʻrni yaratildi.

Korxonada suv va energiya sarfini kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Qiymati 3 million dollar boʻlgan yopiq suv aylanishi tizimi ishlab chiqarishda foydalanilgan suvning 95 foizdan ortigʻini tozalab, qayta ishlatish imkonini beradi. Buning hisobiga yiliga 1,1 million kub metr suv tejaladi.

Fabrikani uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun gaz generatori oʻrnatilgan. Bino tomi va devorlariga umumiy quvvati 3,5 megavatt boʻlgan quyosh panellari joylashtirilgan. Ushbu yechimlar elektr energiyasi, issiq suv va bugʻ taʼminotidagi xarajatlarni kamaytirib, mahsulot tannarxini pasaytirishga xizmat qiladi.

Kelgusida “Sulton Tex Group” klasteri mazkur erkin iqtisodiy zonada 70 million dollarlik loyihani amalga oshirib, 3 ming 570 ta ish oʻrni yaratishi rejalashtirilgan. Viloyatning boshqa tumanlaridagi qiymati jami 17 million dollar boʻlgan loyihalar esa yana 1 ming 220 kishini ish bilan taʼminlashi koʻzda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari fabrikadagi ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishdi. Bu yerda joriy qilingan resurs tejamkor texnologiyalar boshqa to‘qimachilik korxonalari uchun namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Korxonada mehnat qilayotgan Dilorom Xoliyorova Prezidentimiz bilan suhbatda ish o‘rni va yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanini bildirib, ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik izhor etdi.

– Inson mehnat qilsa, albatta, natijasi ham boshqacha boʻladi. Mana shu yangi avlod tadbirkorlarimiz bilan hozir mutlaqo boshqa darajaga chiqyapmiz, ular nafaqat qoʻshimcha qiymat zanjiri yaratyapti, balki “yashil” texnologiyalar bilan ekologiyaga gʻamxoʻrligini ham namoyon etmoqda, – dedi Prezidentimiz.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo