30.08.2017
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi 392-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan 669-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 169-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning ikkinchi qismidagi «ijtimoiy ongini» degan so‘zlar «huquqiy madaniyatini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«7-modda. Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot
Vakilning faoliyati to‘grisidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida har yili eshitiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, o‘z majlisida Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida eshitish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar va deputatlar guruhlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chikiladi.
Vakilning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar Vakilga yuboriladi»;
3) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«10-modda. Vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish
Vakil arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi. Vakil shikoyatlarni ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda, arizalar va takliflarni alohida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
Vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo‘lsa, qabul qiladi.
Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Vakil qabul jadvallariga muvofik jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Vakilning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.
Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.
Anonim murojaatlar Vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi»;
4) 11-modda:
birinchi qismidagi «huquqlari va erkinliklarini» degan so‘zlar «huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati Vakil tomonidan tiklanishi mumkin»;
5) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«12-modda. Vakilga beriladigan shikoyatlarga qo‘yiladigan talablar
Vakilga berilgan shikoyatda arz qiluvchining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shikoyat nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan berilgan taqdirda esa, uning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Shikoyatda qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatiladi, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini buzgan qarorlarning, harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etiladi.
Shikoyatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin.
Yozma shikoyat arz qiluvchining imzosi yoki nodavlat notijorat tashkilotining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiklangan bo‘lishi kerak. Yozma shikoyatni arz qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, shikoyat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
Elektron shaklda berilgan shikoyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab shikoyatlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ularning qonuniy vakillari tomonidan berilishi mumkin.
Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda yoki himoyaning huquqiy vositalaridan mustaqil ravishda foydalanishga layoqatsiz shaxslarni himoya qilish uchun o‘z tashabbusi bilan faktlar tekshiruvini o‘tkazishga haqlidir.
Shikoyat bo‘yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, shuningdek uni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshka hujjatlar shikoyatga ilova qilinishi mumkin bo‘lib, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, arz qiluvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno.
Arz qiluvchilar va ularning vakillari shikoyatni u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda shikoyat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olishi mumkin. Shikoyatni qaytarib olish to‘g‘risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Vakil tomonidan choralar ko‘rilishini istisno etmaydi.
Vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi»;
6) 14-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi quyidagi mazmundagi o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
«inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarining aniqpangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
harakatlarida inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish;
fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab arizalar va da’volar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etish»;
7) quyidagi mazmundagi 141-modda bilan to‘ldirilsin:
«141-modda. Ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodliqdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning Vakilga murojaat etishi
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqka olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar (bundan buyon matnda qamokda turgan shaxslar deb yuritiladi) yozma shakldagi murojaatlarni (xatlar va telegrammalarni) ularning soni cheklanmagan holda Vakilning nomiga yuborish huquqiga ega. Vakil nomiga yuboriladigan murojaatlar senzura qilinmaydi.
Jazoni ijro etish muassasalarining, qamoqda saqlash joylarining va maxsus qabulxonalarning ma’muriyati qamokda turgan shaxslarning murojaatlarini Vakilga muhrlangan tarzda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuboradi, telegrammalarni esa darhol yuboradi. Vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arz qiluvchiga darhol yetkazib beriladi.
Shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirayotganda Vakil jazoni ijro etish muassasalariga, qamokda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga moneliksiz kirish huquqiga ega. Mazkur muassasalarning ma’muriyati Vakilning xavfsizligini ta’minlaydi.
Jazoni ijro etish muassasalarining, qamoqda saqlash joylarining va maxsus qabulxonalarning ma’muriyati Vakilga qamoqda turgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart- sharoitlarni ta’minlashi shart, uchrashuv va suhbat ushbu muassasalar xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi»;
8) 15-moddaning to‘rtinchi qismidagi «vazifalarini bajarishga» degan so‘zlar «faoliyatiga» degan so‘z bilan almashtirilsin;
9) 18-moddaning uchinchi qismidagi «yoki» degan so‘z «va» degan so‘z bilan almashtirilsin;
10) 19-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Vakil tomonidan shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga, shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqa holatlarga qarab kamsitilishiga yo‘l ko‘yilmaydi»;
11) 20-modda:
birinchi qismidagi «Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya» degan so‘zlar «Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi)» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Komissiya tarkibi nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining vakillari, inson huquqlari va erkinliklari sohasida kasbiy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan olimlar jumlasidan tuziladi. Komissiya tarkibiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakillari ham maslahat ovozi huquqi bilan kirishi mumkin»;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi «Reglamentga» degan so‘z «Nizomga» degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Komissiya o‘z vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylanguniga qadar o‘z vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi»;
12) quyidagi mazmundagi 201- 208-moddalar bilan to‘ldirilsin:
«201-modda. Vakilning qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir faoliyati
Vakil o‘z faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari ko‘rib chiqishi uchun qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish, qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarda ishtirok etishi yuzasidan takliflar kiritishga haqlidir.
Vakil qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etishi, loyihalarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ishtirok etishi hamda muhokama etilayotgan qonun loyihalari bo‘yicha takliflar va mulohazalar kiritishi mumkin.
202-modda. Vakilning inson huquqlari va erkinliklari sohasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyati
Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalari tug‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini xlmoya kilish vositalari, usullari va mexanizmlariga o‘qitishga qaratilgan ma’rifiy va ta’lim dasturlarini, ilmiy-amaliy tadbirlar hamda seminarlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ipggirok etadi.
203-modda. Vakilning inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir faoliyati
Vakil inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishga, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga haqli.
Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalari bajarilishi to‘grisida inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy institutlarning xabardorligini oshirishga ko‘maklashadi.
Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishiga doir ma’ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.
204-modda. Vakilning parlament nazoratining boshqa subyektlari bilan hamkorligi
Vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusiga ko‘ra tekshirish bilan bog‘liq materiallarni har chorakda umumlashtirib boradi.
Vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq materiallarni umumlashtirish hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishiga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqpash natijalariga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining axborotini eshitish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘mitalariga murojaat qilishi mumkin.
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining parlament nazoratini amalga oshirishga doir tadbirlarida ishtirok etishga, ularga ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan materiallar taqdim etishga haqlidir.
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga doir ayrim masalalar yuzasidan ma’ruza kiritishi mumkin.
205-modda. Vakilning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan hamkorligi
Vakil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish huquqiga ega.
Vakil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi mumkin va sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqlidir.
206-modda. Vakilning nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi
Vakil mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq va hududiy dasturlarni, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining Vakil tomonidan shakllantiriladigan ishchi va ekspert guruhlari, komissiyalar va boshka jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Vakil inson huquqlari va erkinliklari sohasida mavjud materiallar to‘g‘risida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan axborot almashuvini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fukarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi, shuningdek ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar tuzishi mumkin.
207-modda. Vakil faoliyatining ochiqligi
Vakil manfaatdor shaxslarning, shuningdek ommaviy axborot vositalarining Vakil faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi.
Vakil o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni Vakilning rasmiy veb- saytida joylashtiradi va yangilab turadi, Vakilning yillik hisobotini, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining ma’ruzalarini va boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Vakil o‘z matbuot organini ta’sis etishi va boshqa matbuot nashrlarining hammuassisi bo‘lishi mumkin.
208-modda. Vakilning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili
Vakil Komissiya a’zolari orasidan o‘zining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini (bundan buyon matnda Vakilning mintakaviy vakili deb yuritiladi) tayinlaydi.
Vakilning mintaqaviy vakili quyidagi huquqlarga ega:
tegishli mintaqada yashovchi jismoniy shaxslarning yoki tegishli mintaqada joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda ko‘maklashish;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishda ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilish, shuningdek ulardan ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash hamda olish;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni himoya qilish sohasida axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirish.
Vakilning mintaqaviy vakili:
o‘z faoliyati to‘g‘risida har chorakda Vakilga axborot taqdim etishi;
arz qiluvchining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek shikoyatlarni tekshirishga doir axborotni Vakilning ruxsatisiz va roziligisiz oshkor etmasligi shart.
Vakilning mintaqaviy vakili qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Vakilning mintaqaviy vakili faoliyatiga ko‘maklashadi.
Vakilning mintaqaviy vakili inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risida har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarini xabardor kiladi.
Vakilning mintaqaviy vakiliga Vakil tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi»;
13) 21-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Vakil faoliyatining moddiy va boshqa ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda unda alohida satrda nazarda tutiladi».
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijro etilishini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev