icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Bokuda Oʻzbekiston va Qatar yetakchilarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

15.10.2026

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat avvalida ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Soʻnggi yillarda oliy darajadagi samarali muloqotlar tufayli oʻzaro aloqalar yangi sifat bosqichiga koʻtarilgani taʼkidlandi. Bugungi kunda Qatar kompaniyalari bilan energetika, kimyo sanoati, oziq-ovqat xavfsizligi, transport, qurilish kabi sohalarda faol ishlar olib borilmoqda, joriy yil boshidan buyon investitsiyalar oʻzlashtirilishi sezilarli darajada oshdi.

Shuningdek, jadal rivojlanib borayotgan madaniy-gumanitar aloqalar xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari ham belgilab olindi. Xususan, dekabr oyida oʻtadigan Doha forumida Oʻzbekistondan nufuzli delegatsiya ishtirok etishi, tadbir doirasida Hukumatlararo qoʻshma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo