icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida

30.08.2017

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan

 

Ushbu Qonun davlat hokimiyatining demokratik asoslarini, vakillik organlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi roli va ahamiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek mahalliy Kengashlarga saylovni saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, saylovchilarning xohish-irodasiga tula muvofiq hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda o‘tkazish maqsadida qabul qilinmoqda.
 

1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 99-moddadagi «shuningdek shahar tarkibiga qiruvchi tumanlardan» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 102-moddaning:

uchinchi qismidagi «tegishli viloyat hokimi tomonidan» degan so‘zlar «viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyata to‘g‘risida»gi 913-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1,
20-modda; 2005- yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9,
420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013 -yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6,228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 1-moddaning birinchi qismidagi «shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 2-moddaning:

yettinchi qismidagi «viloyat hokimi tomonidan» degan so‘zlar «viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi»;

3) 21-moddaning to‘rtinchi qismidagi «Shahardagi tuman» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

4) 23-moddaning ikkinchi qismidagi «shahardagi tuman yoki» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

5) 251-moddaning:

ikkinchi qismidagi «viloyatlarda tegishli majlislar» degan so‘zlar «viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senata a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning o‘rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyata organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari taklif etiladi»;

yettinchi qismidagi «xalq deputatlari viloyat Kengashlarining» degan so‘zlar «xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi 1050-XII-sonli Qonun (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 125-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 9-10, 134-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2012-yil, № 12, 331-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 7-moddasining oltinchi qismidagi «shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

4-modda. O‘zbekistan Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan «Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-303-sonli Qonuni (O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 273-modda) 10-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.

5-modda. Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov - 2017-yil dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilsin.

6-modda. Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlarining saylangan deputatlari o‘z vakolatlarini O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq 2019-yilda o‘tkaziladigan viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov natijalari bo‘yicha Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlarining yangi tarkiblari shakllantirilguniga qadar amalga oshiradi.

7-modda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekistan Respublikasi Qonuniga muvofiq 2017-yilda Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun tuman saylov komissiyalari tuzilishini, saylov okruglarining soni belgilanishini ta’minlasin.

8-modda. O‘zbekistan Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekistan Respublikasi Qonuniga muvofiq saylov komissiyalari tomonidan tashkil etilishi hamda o‘tkazilishi, ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishi va aholi o‘rtasida mohiyati hamda ahamiyati tushuntirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.

9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi
            Prezidenti                                                                             Sh.Mirziyoyev

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo