icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidentiga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

06.10.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi.

FAO rahbari Butunjahon paxta kuniga bagʻishlangan xalqaro konferensiya hamda dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning agrar va oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga bagʻishlangan ikkinchi forumda ishtirok etish uchun yurtimizda boʻlib turibdi.

Oʻzbekiston bilan BMTning mazkur nufuzli tuzilmasi oʻrtasida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Soʻnggi yillarda amaliy hamkorlik doirasida erishilgan natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Yangi besh yillik dastur qabul qilindi. Ayni paytda 27 ta qoʻshma loyiha faol bosqichga kirgan.

Oʻzbekiston ilk bor 2028-yildan 2029-yilgacha boʻlgan davr uchun FAO Kengashi tarkibiga saylandi. Ertaga Toshkentda dengizga chiqish imkoniyati boʻlmagan mamlakatlar uchun Agroinnovatsiyalar xabi ishga tushiriladi.

Uchrashuv davomida yangi hamkorlik dasturini samarali amalga oshirish, qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, iqlim moliyasi mablagʻlarini jalb qilish, tajriba almashish hamda mutaxassislar tayyorlash kabi yoʻnalishlarda istiqbolli qoʻshma loyihalar portfelini ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratildi.

Samimiy muloqot yakunida Syuy Dunyuy Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirish sohalaridagi tashabbuslari va erishgan yutuqlarining yuksak eʼtirofi sifatida davlatimiz rahbariga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medalini topshirdi.

BMTning FAO tashkiloti tomonidan 1977-yilda taʼsis etilgan “Agricola” medali ochlikka barham berish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash kabi umuminsoniy maqsadlarga erishish yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan hamda amaliy choralarni amalga oshirgan atoqli arboblarga beriladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo